FuqarolikCIVIL · 916-modda
Sugʻurtalashga yoʻl qoʻyilmaydigan manfaatlar
Gʻayriqonuniy manfaatlarni sugʻurtalashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Qimor, lotereyalar va garov oʻyinlarida ishtirok etishda koʻriladigan zararni sugʻurtalashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Garovga olinganlarni ozod qilish maqsadida shaxs majburan qilishi mumkin boʻlgan xarajatlarni sugʻurtalashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Sugʻurta shartnomalarining ushbu modda birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlariga zid boʻlgan shartlari oʻz-oʻzidan haqiqiy emas.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish