FuqarolikCIVIL · 944-modda
Sugʻurtalangan shaxsni almashtirish
Zarar yetkazganlik uchun javobgarlik xavfini sugʻurta qilish shartnomasi boʻyicha sugʻurta qildiruvchidan boshqa shaxsning javobgarligi sugʻurtalangan hollarda, shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, sugʻurta qildiruvchi bu shaxsni sugʻurta hodisasi yuz berguncha istalgan vaqtda, sugʻurtalovchini yozma ravishda xabardor qilib, boshqa shaxsga almashtirishga haqli.
Shaxsiy sugʻurta shartnomasida koʻrsatilgan sugʻurtalangan shaxs sugʻurta qildiruvchi tomonidan shu sugʻurtalangan shaxs va sugʻurtalovchining roziligi bilangina boshqa shaxsga almashtirilishi mumkin.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish