Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 915-modda

Mulkiy sugʻurta shartnomasi

Mulkiy sugʻurta shartnomasiga muvofiq bir taraf (sugʻurtalovchi) shartnomada shartlashilgan haq (sugʻurta mukofoti) evaziga shartnomada nazarda tutilgan voqea (sugʻurta hodisasi) sodir boʻlganda boshqa tarafga (sugʻurta qildiruvchiga) yoki shartnoma qaysi shaxsning foydasiga tuzilgan boʻlsa, oʻsha shaxsga (naf oluvchiga) bu hodisa oqibatida sugʻurtalangan mulkka yetkazilgan zararni yoxud sugʻurtalanuvchining boshqa mulkiy manfaatlari bilan bogʻliq zararni shartnomada belgilangan summa (sugʻurta summasi) doirasida toʻlash (sugʻurta tovoni toʻlash) majburiyatini oladi.

Mulkiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha quyidagilar sugʻurtalanishi mumkin:

muayyan mol-mulkning yoʻqotilishi (nobud boʻlishi), kam chiqishi yoki shikastlanishi xavfi;

fuqarolik javobgarligi xavfi — boshqa shaxslarning hayoti, sogʻligʻi yoki mol-mulkiga zarar yetkazilishi oqibatida yuzaga keladigan majburiyatlar boʻyicha javobgarlik, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa, shuningdek shartnomalar boʻyicha javobgarlik xavfi;

tadbirkorlik xavfi — tadbirkorning kontragentlari oʻz majburiyatlarini buzishi yoki tadbirkorga bogʻliq boʻlmagan vaziyatlarga koʻra bu faoliyat shart-sharoitlarining oʻzgarishi tufayli tadbirkorlik faoliyatidan kutilgan daromadlarni ololmaslik xavfi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.