Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 943-modda

Sugʻurta shartnomasining haqiqiy emasligi

Sugʻurta shartnomasi quyidagi hollarda oʻz-oʻzidan haqiqiy emas:

shartnoma tuzilayotgan paytda sugʻurta obyekti mavjud boʻlmasa;

jinoiy yoʻl bilan qoʻlga kiritilgan, jinoyat narsasi hisoblanuvchi yoki musodara qilinishi lozim boʻlgan mol-mulk mulkiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurtalangan boʻlsa;

shartnoma boʻyicha gʻayrihuquqiy manfaat sugʻurtalangan boʻlsa;

sugʻurta shartnomasida sugʻurta hodisasi sifatida yuz berish ehtimolligi va tasodifiylik belgilari boʻlmagan voqea nazarda tutilgan boʻlsa.

Sugʻurta shartnomasi ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmaydi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.