Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 942-modda

Sugʻurta mukofoti va sugʻurta badallari

Sugʻurta mukofoti deganda sugʻurta qildiruvchi (naf oluvchi) sugʻurta shartnomasida belgilangan tartibda va muddatlarda sugʻurtalovchiga toʻlashi shart boʻlgan sugʻurta haqi tushuniladi.

Sugʻurtalovchi sugʻurta shartnomasi boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan sugʻurta mukofoti miqdorini belgilashda sugʻurta obyekti va sugʻurta xavfi xususiyati hisobga olingan holda oʻzi tomonidan ishlab chiqilgan, sugʻurta summasi birligidan undiriladigan mukofotni aniqlaydigan sugʻurta tariflarini qoʻllashga haqli.

Qonunda nazarda tutilgan hollarda sugʻurta mukofotining miqdori davlat sugʻurta nazorati organlari tomonidan joriy etilgan yoki tartibga solinadigan sugʻurta tariflariga muvofiq belgilanadi.

Agar sugʻurta shartnomasida sugʻurta mukofotini boʻlib-boʻlib toʻlash nazarda tutilgan boʻlsa, shartnomada navbatdagi sugʻurta badallarini belgilangan muddatlarda toʻlamaslik oqibatlari koʻrsatib qoʻyilishi mumkin.

Agar sugʻurta hodisasi toʻlash muddati oʻtkazib yuborilgan navbatdagi sugʻurta badali toʻlanishidan oldin yuz bergan boʻlsa, sugʻurtalovchi mulkiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan sugʻurta tovoni yoki shaxsiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta toʻlovi miqdorini sugʻurta mukofotining oʻziga toʻlangan qismiga mutanosib summada cheklashga va muddati oʻtkazib yuborilgan sugʻurta badali summasini hisobga olishga haqli.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.