Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 913-modda

Tovarni ikki qismli omborxona guvohnomasi boʻyicha berish

Tovar ombori tovarni ombor va garov guvohnomalarini (ikki qismli ombor guvohnomasini) saqlovchiga berib, undan ushbu ikkala guvohnomani oladi.

Ombor guvohnomasini saqlovchi garov guvohnomasiga ega boʻlmasa, biroq uning yuzasidan qarz summasini toʻlagan boʻlsa, ombor tovarni faqat ombor guvohnomasiga ayirboshlash yoʻli bilan va u bilan birgalikda garov guvohnomasi boʻyicha butun qarz summasi toʻlanganligi haqidagi patta taqdim etilganidagina beradi.

Ombor va garov guvohnomalarining saqlovchisi tovarni qismlarga boʻlib berishni talab qilishga haqli. Bunda dastlabki guvohnomalar oʻrniga unga omborda qolgan tovar uchun yangi guvohnomalar beriladi.

Garov guvohnomasiga ega boʻlmagan va uning yuzasidan qarz summasini toʻlamagan ombor guvohnomasini saqlovchiga ushbu moddaning talablariga qaramay tovarni bergan tovar ombori garov guvohnomasini saqlovchi oldida bu guvohnoma boʻyicha taʼminlangan butun toʻlov uchun javobgar boʻladi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.