Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 941-modda

Birgalikda sugʻurta qilish

Sugʻurta obyekti bitta shartnoma boʻyicha bir necha sugʻurtalovchi tomonidan oʻrtada sugʻurtalanishi mumkin (birgalikda sugʻurta qilish). Agar bunday shartnomada sugʻurtalovchilardan har birining huquq va majburiyatlari belgilanmagan boʻlsa, ular mulkiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta tovonini yoki shaxsiy sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta toʻlovini toʻlash uchun sugʻurta qildiruvchi (naf oluvchi) oldida solidar javobgar boʻladilar.

Yirik va alohida yirik xavflarni oʻrtada sugʻurta qilish uchun birgalikda sugʻurtalovchilar birgalikdagi faoliyat toʻgʻrisidagi shartnoma asosida oddiy shirkatlar (sugʻurta sherikchiligi) tuzishlari mumkin.

Birgalikda sugʻurtalovchilar oʻrtasida tegishli kelishuv boʻlgan taqdirda, ulardan biri sugʻurta qildiruvchi (naf oluvchi)ning oldida faqat oʻz ulushi uchun javobgar boʻlib qolgani holda, u bilan oʻzaro munosabatlarda barcha birgalikdagi sugʻurtalovchilar nomidan vakil boʻlishi mumkin.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.