Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 909-modda

Ikki qismli ombor guvohnomasi

Ikki qismli ombor guvohnomasi ombor guvohnomasidan va garov guvohnomasidan (varrant) iborat boʻlib, ular bir-biridan ajratilishi mumkin.

Ikki qismli ombor guvohnomasining har bir qismida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:

tovarni saqlash uchun qabul qilgan tovar omborining nomi va joylashgan manzili;

ombor guvohnomasining ombor reyestri boʻyicha joriy nomeri;

tovar saqlash uchun qabul qilib olingan tashkilot nomi yoki fuqaroning ismi, shuningdek tovar egasining joylashgan yeri (yashash joyi);

saqlash uchun qabul qilingan tovarning nomi va miqdori –– birliklar soni va (yoki) tovar donalarining soni va (yoki) tovarning oʻlchovi (ogʻirligi, hajmi);

agar muddat belgilangan boʻlsa, tovar qancha muddatga saqlash uchun qabul qilinganligi yoki tovar talab qilib olinguncha saqlash uchun qabul qilinganligi;

omonat saqlaganlik uchun toʻlanadigan haq miqdori yoki bu haqni hisoblab chiqarishga asos boʻladigan tariflar va saqlash haqini toʻlash tartibi;

ombor guvohnomasi berilgan sana.

Ikki qismli ombor guvohnomasining ikkala qismida vakil shaxsning bir xil imzosi va tovar omborxonasining muhri (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) boʻlishi shart.

Ushbu moddaning talablariga mos kelmaydigan hujjat ikki qismli ombor guvohnomasi boʻla olmaydi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.