Tovar egasiga qaytarilayotgan vaqtda uning miqdori va holatini tekshirish
Tovar egasi va tovar omborining har biri tovarni qaytarib berish vaqtida uni koʻzdan kechirish va miqdorini tekshirishni talab qilish huquqiga ega. Shu tufayli qilingan xarajatlar tovarni koʻzdan kechirishni yoki uning miqdorini tekshirishni talab qilgan taraf zimmasiga tushadi.
Agar ombor tovarni egasiga qaytarayotgan vaqtida ular tovarni birga koʻzdan kechirmagan yoki tekshirmagan boʻlsalar, tovar tegishli darajada saqlanmaganligi oqibatida uning kam chiqqanligi yoki buzilganligi haqidagi ariza omborga tovarni olish vaqtida, tovarni qabul qilishning oddiy usuli bilan aniqlash mumkin boʻlmagan yetishmovchilik yoki buzilish xususida esa, ularni aniqlash uchun zarur boʻlgan oqilona muddatda yozma ravishda yuborilishi kerak.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan ariza boʻlmaganida, agar aksi isbot qilingan boʻlmasa, ombor tovarni omborda omonat saqlash shartnomasi shartlariga muvofiq qaytargan deb hisoblanadi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish