Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 899-modda

Ashyoni mehmonxonada saqlash

Mehmonxona unda yashayotgan shaxs tomonidan olib kirilgan ashyolarning yoʻqolganligi, kam chiqqanligi yoki shikastlanganligi uchun omonat saqlovchi sifatida alohida kelishuv boʻlmagan taqdirda ham javob beradi, ashyo yengib boʻlmaydigan kuch, ashyoning oʻz xossalari oqibatida yoki mehmonxonada yashovchining oʻzi, uning hamrohlari yoki uning yoniga kelgan shaxslar aybi bilan yoʻqolgan, kam chiqqan yoki shikastlangan hollar bundan mustasno.

Mehmonxona xodimlariga ishonib topshirilgan ashyo yoki moʻljallangan joyga (mehmonxona nomeri va boshqalarga) joylashtirilgan ashyo mehmonxonaga olib kirilgan ashyo deb hisoblanadi.

Pul, boshqa valyuta qimmatliklari, qimmatli qogʻozlar va boshqa qimmatbaho ashyolar saqlash uchun alohida omonat saqlash shartnomasi boʻyicha qabul qilib olingan boʻlsagina, mehmonxona ularning yoʻqolganligi uchun javobgar boʻladi.

Mehmonxonada yashayotgan, oʻz ashyolarining yoʻqolganligi, kam chiqqanligi yoki shikastlanganligini bilib qolgan shaxs mehmonxona maʼmuriyatiga bu haqda kechiktirmay xabar qilishi shart. Aks holda mehmonxona ashyolarning toʻliq saqlanmaganligi uchun javobgarlikdan ozod qilinadi.

Mehmonxona bu yerda yashayotgan shaxslarning ashyolari saqlanishi uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olmasligini eʼlon qilgan taqdirda ham, javobgarlikdan ozod qilinmaydi.

Mehmonxonalarda talab qilib olinmagan ashyolarni saqlash muddatlari va ularning taqdiri ushbu Kodeks 897-moddasining beshinchi qismida yozib qoʻyilgan qoidalarga muvofiq belgilanadi.

Ushbu moddaning qoidalari motellar, dam olish uylari, sanatoriylar, yotoqxonalar, hammomlarda, shuningdek tashkilotga keladigan fuqarolarning ashyolarini saqlash uchun maxsus ajratilgan joylarga ega boʻlgan boshqa tashkilotlarda ham ashyolarni saqlashga nisbatan qoʻllanadi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.