Nizoli ashyolarni saqlash (sekvestr)
Sekvestr toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha ashyoga egalik qilish xususida oralarida nizo chiqqan ikki yoki bir necha shaxs nizoli ashyoni uchinchi shaxsga beradilar. Uchinchi shaxs nizo hal boʻlgach, ashyoni sud qarori bilan yoki nizolashayotgan hamma shaxslarning kelishuviga muvofiq kimga tegishli boʻlsa, oʻsha shaxsga qaytarib berish majburiyatini oladi (shartnoma sekvestri).
Nizoli ashyo sudning qaroriga koʻra sekvestr tartibida saqlash uchun topshirilishi mumkin (sud sekvestri).
Sud tomonidan tayinlangan shaxs ham, shuningdek bahslashayotgan taraflarning oʻzaro kelishuviga muvofiq belgilanadigan shaxs ham sud sekvestri boʻyicha omonat saqlovchi boʻlishi mumkin. Har ikkala holda ham, agar qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, omonat saqlovchining roziligi talab qilinadi.
Sekvestr tartibida saqlashga koʻchar mulklar ham, shuningdek koʻchmas mulklar ham topshirilishi mumkin.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish