Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 835-modda

Qoʻshimcha vositachilik

Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, vositachi vositachilik shartnomasini bajarish maqsadida boshqa shaxs bilan qoʻshimcha vositachilik shartnomasi tuzishga haqli boʻlib, qoʻshimcha vositachining harakatlari uchun komitent oldida javobgar boʻlib qolaveradi.

Qoʻshimcha vositachilik shartnomasi boʻyicha vositachi qoʻshimcha vositachiga nisbatan komitent huquqlari va majburiyatlariga ega boʻladi.

Qonun biron-bir bitimni faqat maxsus vakil qilingan shaxslar bilan tuzishga yoʻl qoʻyadigan hollarda qoʻshimcha vositachilik shartnomasi faqat ana shunday shaxs bilangina tuzilishi mumkin.

Agar vositachilik shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, vositachilik shartnomasi bekor qilingunga qadar komitent vositachining roziligisiz qoʻshimcha vositachi bilan bevosita munosabatlarga kirishishga haqli emas.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.