Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 833-modda

Vositachilik haqi

Komitent vositachiga haq toʻlashi, vositachi bitimning uchinchi shaxs tomonidan bajarilishi uchun kafolatni oʻz zimmasiga olgan (delkredere) hollarda esa shartnomada belgilangan miqdorda qoʻshimcha haq ham toʻlashi shart. Agar shartnomada bu miqdor nazarda tutilgan boʻlmasa va u shartnomaning shartlaridan kelib chiqqan holda belgilanishi mumkin boʻlmasa, haq miqdori ushbu Kodeks 356-moddasining toʻrtinchi qismiga muvofiq belgilanadi.

Agar vositachilik shartnomasi komitentga bogʻliq sabablar bilan bajarilmagan boʻlsa, vositachi vositachilik haqiga, shuningdek qilingan xarajatlarning qoplanishiga boʻlgan huquqini saqlab qoladi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.