Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 849-modda

Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi

Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi boʻyicha bir taraf (boshqaruvning muassisi) ikkinchi tarafga (ishonchli boshqaruvchiga) mol-mulkini muayyan muddatga ishonchli boshqaruvga topshiradi, ikkinchi taraf esa ushbu mol-mulkni boshqaruvning muassisi yoki u koʻrsatgan shaxs (foyda oluvchi) manfaatlarini koʻzlab boshqarish majburiyatini oladi.

Mol-mulkni ishonchli boshqarishga topshirish bu mol-mulkka mulk huquqining ishonchli boshqaruvchiga oʻtishiga olib kelmaydi.

Ishonchli boshqaruvchi mol-mulkni ishonchli boshqarar ekan, ishonchli boshqarish shartnomasiga muvofiq ushbu mol-mulkka nisbatan foyda oluvchining manfaatlarini koʻzlagan holda har qanday yuridik va amaliy harakatlarni qilishga haqli.

Qonunda yoki shartnomada mol-mulkni ishonchli boshqarish boʻyicha ayrim harakatlarga nisbatan cheklovlar nazarda tutilishi mumkin.

Ishonchli boshqarishga topshirilgan mol-mulk yuzasidan bitimlarni ishonchli boshqaruvchi oʻz nomidan amalga oshiradi, bunda u oʻzining shunday boshqaruvchi sifatida ish olib borayotganini koʻrsatadi. Agar yozma tarzda rasmiylashtirishni talab qilmaydigan harakatlar amalga oshirilayotganida ikkinchi taraf ishonchli boshqaruvchi bu harakatlarni ana shunday boshqaruvchi sifatida amalga oshirayotganligidan xabardor qilingan boʻlsa, yozma hujjatlarda esa ishonchli boshqaruvchining ismi yoki nomidan keyin tegishli belgi qoʻyilgan boʻlsa, mazkur shartga rioya qilingan hisoblanadi.

Ishonchli boshqaruvchining ana shunday boshqaruvchi sifatida harakat qilishi toʻgʻrisida koʻrsatma boʻlmasa, u uchinchi shaxslar oldida shaxsan majburiyat oladi va ular oldida faqat oʻziga qarashli mol-mulk bilan javob beradi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.