Fuqaroning vafot etishi yoki yuridik shaxsning tugatilishi oqibatlari
Fuqaro vafot etgan yoki vositachi yuridik shaxs tugatilgan taqdirda vositachilik shartnomasi bekor qilinadi.
Vositachi yuridik shaxs qayta tashkil etilganida uning vositachi sifatidagi huquq va majburiyatlari, basharti qayta tashkil etish yuz berganligi haqidagi maʼlumotni olgan kundan boshlab oʻttiz kun ichida komitent shartnomani bekor qilganligi haqida xabar bermasa, qonuniy vorislarga oʻtadi.
Komitent fuqaro vafot etgan, u muomalaga layoqatsiz yoki layoqati cheklangan deb topilgan taqdirda, shuningdek komitent yuridik shaxs tugatilgan taqdirda vositachi oʻziga berilgan topshiriqni komitentning merosxoʻrlaridan yoki huquqiy vorislaridan (vakillaridan) tegishli koʻrsatmalar kelguncha bajarib turishi shart.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish