Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 829-modda

Topshiriqsiz qilingan harakatlardan manfaatdor shaxsning majburiyatlari

Topshiriqsiz qilingan harakatlardan manfaatdor boʻlgan shaxs uning manfaatlarini koʻzlab ish olib borgan shaxsga zarur xarajatlarni va boshqa haqiqiy zararni qoplashi shart. Mazkur majburiyat boshqa shaxsning manfaatlari yoʻlidagi harakatlar oqilona boʻlib, biroq koʻzlangan natijaga erishilmagan hollarda ham saqlanib qoladi. Lekin boshqa shaxsning mol-mulkiga zarar yetkazishning oldi olingan hollarda oʻrnini qoplash haqining miqdori mol-mulkning qiymatidan oshib ketmasligi kerak.

Agar shaxsning harakatlari bevosita boshqa shaxsning manfaatlarini taʼminlashga qaratilgan boʻlmasa, shu jumladan ularni amalga oshirgan shaxs oʻz manfaatlarimni koʻzlab harakat qilyapman deb xato oʻylagan va uning harakatlari boshqa shaxsning asossiz boyib ketishiga olib kelgan hollarda ham ushbu Kodeksning 58-bobida nazarda tutilgan qoidalar qoʻllanadi. Boshqa shaxsning manfaatlarini koʻzlab qilingan harakatlar uning tadbirkorlik faoliyati doirasiga kirgan taqdirda, bu shaxs haqiqiy zararning oʻrnini qoplash bilan bir qatorda tegishli miqdorda haq toʻlanishini ham talab qilishga haqli.

Boshqa shaxsning manfaatlarini koʻzlab harakat qilgan shaxsning manfaatdor shaxs maʼqullaganidan keyingi harakatlari munosabati bilan qilgan xarajatlari va koʻrgan boshqa zararlari tegishli turdagi shartnoma toʻgʻrisidagi qoidalarga muvofiq qoplanadi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.