Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 847-modda

Vositachining vositachilik shartnomasini bajarishdan bosh tortishi

Vositachi muddati koʻrsatilmasdan tuzilgan vositachilik shartnomasini bajarishdan istagan vaqtda bosh tortishga haqli boʻlib, bu haqda komitentni, agar xabardor qilishning uzoqroq muddati shartnomada koʻzda tutilgan boʻlmasa, oʻttiz kundan kechiktirmasdan xabardor qiladi.

Bunday holda vositachi oʻz ixtiyoridagi komitentning mol-mulki toʻliq saqlanishi uchun choralar koʻrishi shart. Komitent vositachilik shartnomasi bekor boʻlgunicha vositachining ixtiyoridagi mol-mulkni tasarruf qilishi shart. Agar u mana shu majburiyatni bajarmasa, vositachi yo mol-mulkni komitent hisobidan saqlashga topshirishga yoki uni komitent uchun mumkin qadar foydali bahoda sotishga haqli.

Vositachilik shartnomasini bajarishdan bosh tortgan vositachi vositachilik haqini olish hamda shartnoma bekor boʻlgan paytda oʻziga tegishli boʻladigan xarajatlarni undirib olish huquqiga ega.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.