Boshqa shaxsning manfaatini koʻzlab bitim tuzish
Boshqa shaxsning manfaatini koʻzlab tuzilgan bitim boʻyicha majburiyatlar bitim tuzilishidan manfaatdor boʻlgan shaxs mazkur bitimni maʼqullagan paytdan boshlab unga oʻtadi, basharti boshqa taraf majburiyatlarning bunday oʻtishiga eʼtiroz bildirmasa yoki bitimni tuzish paytida bitim boshqa shaxsning manfaatini koʻzlab tuzilganligini bilgan yoxud bilishi lozim boʻlgan boʻlsa. Bunday bitim boʻyicha majburiyatlar bitim tuzilishidan manfaatdor boʻlgan shaxsga oʻtganida, ushbu bitim boʻyicha huquqlar ham shu shaxsga berilishi zarur.
Bitim tuzgan shaxs boshqa shaxsning manfaatlarini koʻzlab amalga oshirilgan faoliyat tufayli qilgan xarajatlari qoplanguncha huquqlarni topshirishni kechiktirib turishi mumkin.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish