Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 843-modda

Vositachilik topshirigʻining komitent tomonidan bekor qilinishi

Komitent vositachiga bergan topshirigʻini istagan vaqtida bekor qilib, vositachilik shartnomasini bajarishdan bosh tortishga haqli. Bunda vositachining topshiriq bekor qilinishi munosabati bilan koʻrgan zarari umumiy asoslarda qoplanadi.

Vositachilik shartnomasi amal qilish muddati koʻrsatilmagan holda tuzilgan taqdirda komitent shartnomani bekor qilishi haqida, agar shartnomada xabar qilishning uzoqroq muddati nazarda tutilgan boʻlmasa, kamida oʻttiz kun oldin vositachini xabardor qilishi shart. Bunday holda komitent vositachiga u shartnoma bekor qilinguncha tuzgan bitimlar uchun haq toʻlashi, shuningdek vositachi shartnoma bekor boʻlgunicha qilgan xarajatlarni toʻlashi shart.

Topshiriq bekor qilingan taqdirda komitent vositachi ixtiyoridagi oʻz mol-mulkini vositachilik shartnomasida belgilangan muddatda, bordi-yu bunday muddat belgilanmagan boʻlsa, darhol tasarruf etishi shart. Agar komitent bu majburiyatni bajarmasa, vositachi mol-mulkni komitent hisobidan saqlab qoʻyishga topshirishga yoki uni komitent uchun iloji boricha foydali bahoda sotishga haqli.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.