Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 822-modda

Topshiriqni bajarishni boshqa shaxsga ishonib topshirish

Agar topshiriq shartnomasida nazarda tutilgan boʻlsa yoki vakil topshiriq beruvchining manfaatlarini himoya qilish maqsadida vaziyat taqozosi bilan majbur boʻlsa, vakil topshiriqning bajarilishini boshqa shaxsga (oʻrinbosarga) topshirishga haqli.

Topshiriqni bajarishni boshqa shaxsga ishonib topshirgan vakil bu haqda darhol topshiriq beruvchini xabardor qilishi shart.

Topshiriq beruvchi vakil tanlagan oʻrinbosarni rad etishga haqli, oʻrinbosarning nomi topshiriq shartnomasida keltirilgan hollar bundan mustasno.

Agar vakil oʻrinbosarining nomi shartnomada koʻrsatilgan boʻlsa, vakil ishlarning oʻrinbosar tomonidan olib borilishi uchun javobgar boʻlmaydi.

Agar ishlarning oʻrinbosar tomonidan olib borilishi topshiriq shartnomasida nazarda tutilgan boʻlsa-yu, lekin oʻrinbosarning nomi unda koʻrsatilgan boʻlmasa, vakil oʻrinbosarning aybli harakatlari uchun javobgar boʻlmaydi.

Agar vakilning oʻrinbosari tomonidan ish yuritilishi topshiriq shartnomasida nazarda tutilmagan boʻlsa, vakil oʻz oʻrinbosarining har qanday harakatlari uchun javobgar boʻladi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.