FuqarolikCIVIL · 821-modda
Topshiriq beruvchining majburiyatlari
Agar topshiriq shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, topshiriq beruvchi quyidagilarni bajarishi:
vakilni topshiriqni bajarish uchun zarur mablagʻlar bilan taʼminlashi;
vakil shartnomaga muvofiq bajargan ishni kechiktirmasdan qabul qilib olishi;
vakil topshiriqni bajarish uchun qilgan zarur xarajatlarni toʻlashi;
topshiriq bajarilganidan keyin, agar qonunchilikda yoki shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa, vakilga haq toʻlashi shart.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish