Vakilning majburiyatlari
Vakil quyidagilarni bajarishi:
oʻziga berilgan topshiriqni ushbu Kodeksning 822-moddasida koʻrsatilgan hollardan tashqari, shaxsan oʻzi bajarishi;
topshiriq beruvchining talabiga muvofiq unga topshiriq qanday bajarilayotganligi haqida maʼlumot berib turishi;
topshiriqni bajarish uchun tuzilgan bitimlar boʻyicha olingan hamma narsani kechiktirmasdan topshiriq beruvchiga topshirishi;
topshiriq bajarib boʻlinganidan keyin amal qilish muddati tamom boʻlmagan ishonchnomani kechiktirmasdan topshiriq beruvchiga qaytarib berishi va, agar shartnoma shartlariga yoki topshiriqning xususiyatiga koʻra zarur boʻlsa, hisobot taqdim etib, unga isbotlovchi hujjatlarni ilova qilishi shart.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish