Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 838-modda

Vositachilik narsasi hisoblangan ashyolarga boʻlgan huquq

Komitentdan vositachiga oʻtgan yoki vositachi komitent hisobidan sotib olgan ashyolar komitentning mulki boʻladi.

Vositachi ushbu Kodeksning 290-moddasiga muvofiq oʻz qoʻlida boʻlgan, komitentga yoki komitent koʻrsatgan shaxsga topshirilishi kerak boʻlgan ashyolarni vositachilik shartnomasi boʻyicha oʻz talablarini taʼminlash uchun ushlab turishga haqli.

Komitent toʻlovga qobiliyatsiz deb eʼlon qilingan taqdirda vositachining mazkur huquqi bekor qilinadi, uning oʻzi ushlab turgan ashyolar qiymati doirasida komitentga qoʻyadigan talablari ushbu Kodeksning 291-moddasiga muvofiq garov bilan taʼminlangan talablar qatorida qanoatlantiriladi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.