Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 818-modda

Topshiriq shartnomasi boʻyicha haq toʻlash

Agar qonunchilikda yoki topshiriq shartnomasida nazarda tutilgan boʻlsa, topshiriq beruvchi ishonchli vakilga haq toʻlashi shart.

Agar topshiriq shartnomasi ikkala taraf yoki ulardan birining tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi bilan bogʻliq boʻlsa, topshiriq beruvchi, agar shartnomada boshqa hol nazarda tutilgan boʻlmasa, ishonchli vakilga haq toʻlashi shart.

Haq toʻlash nazarda tutilgan topshiriq shartnomasida toʻlanadigan haqning miqdori va uni toʻlash haqidagi shartlar boʻlmasa, haq ushbu Kodeks 356-moddasining toʻrtinchi qismiga muvofiq shunga oʻxshash xizmatlar uchun odatda qabul qilingan narxlar boʻyicha belgilanadi va topshiriq bajarilganidan keyin toʻlanadi.

Vakil talab qilingan hamma harakatlarni tegishli darajada amalga oshirgan, biroq topshiriq u aybdor boʻlmagan holda bajarilmay qolgan taqdirda ham haq toʻlanishi kerak.

Tijorat vakili sifatida ish olib boruvchi ishonchli vakil ushbu Kodeksning 290-moddasiga muvofiq, topshiriq beruvchiga topshirilishi kerak boʻlgan oʻz qoʻlidagi ashyolarni topshiriq shartnomasi boʻyicha oʻz talablarini taʼminlash uchun ushlab turishga haqli.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.