Chek boʻyicha pul toʻlanmaganligini xabar qilish
Chek saqlovchi pul toʻlanmaganligi haqida norozilik bildirilgan yoki shu kabi harakat amalga oshirilgan kundan keyingi ikki ish kuni mobaynida oʻz indossantiga va chek beruvchiga xabar qilishi shart.
Har bir indossant bildirish olgan kundan keyingi ikki ish kuni ichida oʻzi olgan bildirish haqida oʻzining (oldingi) indossantiga xabar berishi shart. Oʻsha shaxs uchun aval bergan shaxsga ham shu muddatda xabar yuboriladi. Koʻrsatilgan muddat davomida xabar yubormagan shaxs chek boʻyicha oʻz huquqlaridan mahrum boʻlmaydi. U chek boʻyicha pul toʻlanmaganligini xabar qilmagani tufayli keltirilgan zararning oʻrnini chek summasi doirasida qoplashi shart.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish