Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 814-modda

Chek boʻyicha pul toʻlashdan bosh tortganlikni tasdiqlash

Chek boʻyicha pul toʻlashdan bosh tortganlik quyidagi usullardan biri bilan tasdiqlanishi kerak:

notarius tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda norozilik bildirish;

pul toʻlovchi chekka u boʻyicha pul toʻlashdan bosh tortganligi haqida belgi qoʻyilib, chek haq toʻlash uchun taqdim etilgan sanani koʻrsatish;

inkasso qiluvchi bankning chek oʻz vaqtida taqdim etilganligi va u boʻyicha pul toʻlanmaganligi haqida, sanasini koʻrsatgan holda belgi qoʻyishi.

Norozilik yoki shu kabi harakat chekni haq toʻlash uchun taqdim etish muddati tugaguncha amalga oshirilishi kerak.

Agar chek muddatning oxirgi kunida taqdim etilgan boʻlsa, norozilik yoki shu kabi harakat keyingi ish kunida amalga oshirilishi mumkin.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.