Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 897-modda

Ashyolarni transport tashkilotlarining yukxonalarida saqlash

Transport tashkilotlarining ixtiyoridagi yukxonalar yoʻlovchilar va boshqa fuqarolardan, ularda yoʻl hujjatlari bor yoki yoʻqligidan qatʼi nazar, ashyolarni saqlash uchun qabul qilishi shart. Ashyoni transport tashkilotlarining yukxonalarida saqlash shartnomasi ommaviy hisoblanadi.

Ashyo saqlash uchun yukxonaga qabul qilinganligini tasdiqlash yuzasidan (avtomat yukxonalardan tashqari) yuk topshiruvchiga patta yoki nomerli jeton beriladi.

Patta yoki jeton yoʻqotilgan taqdirda yukxonaga topshirilgan ashyo yuk topshiruvchiga ushbu ashyo oʻziga qarashli ekanligining isbotini taqdim etgan taqdirda beriladi.

Yukxonaga topshirilgan ashyo yoʻqolganligi, kam chiqqanligi yoki shikastlanganligi oqibatida yuk topshiruvchi koʻrgan zarar summasi, agar ashyoni saqlashga topshirish paytida u narxlangan boʻlsa yoki zararning oʻrnini qoplashga kerakli summa xususida taraflar kelishib olgan boʻlsalar, zararni qoplash toʻgʻrisida talab qoʻyilgan paytdan boshlab bir sutka muddatda yuk topshiruvchiga toʻlanadi.

Ashyo maxsus qoidalar yoki taraflarning kelishuvi bilan belgilangan muddatga yukxonaga topshirilishi mumkin. Koʻrsatilgan muddatda talab qilib olinmagan ashyoni yukxona yana oʻttiz kun saqlab turishi shart. Ushbu muddat tamom boʻlgach, talab qilib olinmagan ashyo sotilishi, sotishdan tushgan pul esa ushbu Kodeksning 895-moddasiga muvofiq taqsimlanishi mumkin.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.