FuqarolikCIVIL · 895-modda
Lombarddan talab qilib olinmagan ashyolar
Yuk topshiruvchi ashyolarni qaytarib olishdan bosh tortgan taqdirda, lombard ularni uch oy mobaynida saqlab turishi shart. Bu muddat oʻtganidan keyin talab qilib olinmagan ashyolar lombard tomonidan ushbu Kodeks 289-moddasining yettinchi qismida belgilab qoʻyilgan tartibda sotilishi mumkin.
Ashyolarni sotishdan tushgan puldan saqlash haqi va lombardga tegishli boshqa toʻlovlar qoplanadi. Pulning qolgan qismi lombard tomonidan saqlov pattasining egasiga u taqdim etilganida qaytarib beriladi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish