Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 889-modda

Ashyo yoʻqolganligi, kam chiqqanligi yoki shikastlanganligi uchun omonat saqlovchining javobgarligi

Omonat saqlovchi saqlash uchun qabul qilingan ashyo yoʻqolganligi, kam chiqqanligi yoki shikastlanganligi uchun ushbu Kodeksning 333-moddasida nazarda tutilgan asoslarga koʻra javobgar boʻladi.

Professional omonat saqlovchi ashyoning yoʻqolishi, kam chiqishi yoki shikastlanishi:

yengib boʻlmas kuch taʼsiri oqibatida;

ashyoning uni saqlash uchun qabul qilish chogʻida omonat saqlovchi bilmagan va bilishi shart boʻlmagan yashirin xossalari tufayli;

saqlanayotgan ashyoning yoʻqolganligi, kam chiqqanligi yoki shikastlanganligi yuk topshiruvchining qasddan qilganligi yoki qoʻpol ehtiyotsizligi natijasida yuz berganligini isbotlamasa javobgar boʻladi.

Shartnomada nazarda tutilgan saqlash muddati yoki omonat saqlovchining talabiga koʻra ashyoni qaytarib olishi shart boʻlgan vaqt tugagach, yuk topshiruvchi saqlanayotgan ashyoni qaytarib olmasa, omonat saqlovchi bundan buyon ashyo yoʻqolganligi, kam chiqqanligi yoki shikastlanganligi uchun qasddan harakat qilgan yoki qoʻpol ehtiyotsizlik qilgan taqdirdagina javob beradi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.