Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 890-modda

Omonat saqlovchining javobgarlik darajasi

Ashyo yoʻqolganligi, kam chiqqanligi yoki shikastlanganligi tufayli yuk topshiruvchiga yetkazilgan zarar, agar qonunda yoki saqlash shartnomasida boshqa hol nazarda tutilgan boʻlmasa, ushbu Kodeksning 324-moddasiga muvofiq omonat saqlovchi tomonidan qoplanadi.

Ashyo tekin saqlanganida uning yoʻqolishi, kam chiqishi yoki shikastlanishi tufayli yuk topshiruvchiga yetkazilgan zarar:

ashyolar yoʻqolganligi va kam chiqqanligi uchun — yoʻqolgan yoki yetishmayotgan ashyolarning qiymati miqdorida;

ashyolar shikastlanganligi uchun — ularning qiymati qancha summaga kamaygan boʻlsa, shuncha summa miqdorida qoplanadi.

Agar omonat saqlovchi javobgar boʻlgan holda shikast yetishi natijasida ashyoning sifati undan dastlabki vazifasi boʻyicha foydalanish mumkin boʻlmaydigan darajada oʻzgargan boʻlsa, yuk topshiruvchi undan voz kechishga va omonat saqlovchidan ushbu ashyoning qiymatini, shuningdek, agar qonunda yoki omonat saqlash shartnomasida nazarda tutilgan boʻlsa, boshqa zararni ham qoplashni talab qilishga haqli.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.