Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasining cheklaydigan shartlari
Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasida cheklaydigan (eksklyuziv) shartlar, xususan:
litsenziarning litsenziatga biriktirib qoʻyilgan hududda foydalanish uchun boshqa xuddi shunday kompleks tadbirkorlik litsenziyalarini bermaslik yoki ushbu hududda bevosita mustaqil faoliyat olib bormaslik majburiyati;
litsenziatning kompleks tadbirkorlik litsenziyasidan foydalaniladigan hududda litsenziar bilan raqobatlashmaslik majburiyati;
litsenziatning litsenziarning raqobatchilaridan (boʻlajak raqobatchilaridan) boshqa kompleks tadbirkorlik litsenziyalarini olishdan voz kechishi;
litsenziatning shartnoma boʻyicha oʻziga berilgan alohida huquqlarni amalga oshirish vaqtida foydalaniladigan tijorat binolari joylashtiriladigan yerni, shuningdek ularning tashqi va ichki bezaklarini litsenziar bilan kelishish majburiyati nazarda tutilishi mumkin.
Agar cheklaydigan shartlar tegishli bozorning holatini va taraflarning iqtisodiy mavqeyini hisobga olganda raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikka zid boʻlsa, bu shartlar monopoliyaga qarshi organ yoki boshqa manfaatdor shaxsning daʼvosiga koʻra haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Agar kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasining cheklaydigan shartlariga koʻra:
litsenziar litsenziatning tovarni sotish bahosini yoki litsenziat bajaradigan (koʻrsatadigan) ishlar (xizmatlar) narxini belgilashga, yoki mazkur narxlarning yuqori va pastki chegaralarini belgilab qoʻyishga haqli boʻlsa;
litsenziat tovarlarni faqat maʼlum toifadagi sotib oluvchilarga (buyurtmachilarga) yoki shartnomada belgilab qoʻyilgan hududda joylashgan (yashaydigan) sotib oluvchilarga (buyurtmachilarga)gina sotishga, ishlarni bajarishga yoki xizmatlar koʻrsatishga haqli boʻlsa, bunday cheklovchi shartlar haqiqiy emas.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish