Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 867-modda

Litsenziatning majburiyatlari

Litsenziat kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi boʻyicha amalga oshiradigan faoliyatning xarakteri va xususiyatlarini hisobga olgan holda litsenziat:

shartnomada nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirish chogʻida litsenziarning firma nomidan shartnomada koʻrsatilgan tarzda foydalanishi;

u shartnoma asosida ishlab chiqarayotgan tovarlar, koʻrsatayotgan xizmatlar, bajarayotgan ishlar sifati bevosita litsenziarning oʻzi ishlab chiqarayotgan, koʻrsatayotgan yoki bajarayotgan shunday tovarlar, xizmatlar yoki ishlarning sifatiga aniq mos boʻlishini taʼminlashi;

litsenziarning litsenziya kompleksiga kiruvchi alohida huquqlardan foydalanish xarakteri, usullari va shartlari bu huquqlardan litsenziarning foydalanishiga aniq mos kelishiga qaratilgan barcha yoʻriqnomalari va koʻrsatmalariga, shu jumladan litsenziat shartnoma boʻyicha oʻziga berilgan huquqlarni amalga oshirish vaqtida foydalanadigan tijorat binolarining tashqi va ichki bezaklariga doir koʻrsatmalariga ham rioya etishi;

sotib oluvchilar (buyurtmachilar) bevosita litsenziardan tovar (xizmat, ish) ni sotib olgan (buyurtma bergan) vaqtda ularga umid qilishlari mumkin boʻlgan hamma qoʻshimcha xizmatlarni koʻrsatishi;

litsenziarning ishlab chiqarish sirlarini va undan olgan boshqa maxfiy tijorat axborotini oshkor qilmasligi;

agar shartnomada toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutilgan boʻlsa, shartlashilgan miqdorda yordamchi litsenziyalarni berishi;

kompleks tadbirkorlik litsenziyasi tufayli firma nomidan, tovar belgisidan, xizmat koʻrsatish belgisidan yoki boshqa individuallashtirish vositasidan foydalanayotganligini sotib oluvchilarga (buyurtmachilarga) ular uchun juda aniq usulda maʼlum qilishi shart.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.