Toʻlov kafolati (aval)
Chek boʻyicha toʻlov kafolat (aval) vositasida toʻla yoki qisman kafolatlanishi mumkin.
Avalni toʻlovchidan boshqa har qanday shaxs berishi mumkin.
Aval chekning old tomoniga yoki qoʻshimcha varaqqa “aval deb hisoblansin” degan yozuv bilan va u kim tomonidan hamda kim uchun berilganini koʻrsatgan holda qoʻyiladi. Agar aval kim uchun berilganligi koʻrsatilmagan boʻlsa, aval chek beruvchi uchun berilgan hisoblanadi.
Aval avalchi tomonidan imzolanib, uning yashash joyi (turgan yeri) va ustxat yozilgan sana koʻrsatiladi.
Avalchi u avalni kim uchun bergan boʻlsa, oʻsha shaxs singari javobgar boʻladi.
Agar avalchi kafolatlagan majburiyat shaklga amal qilmaslikdan boshqa har qanday asoslarga koʻra haqiqiy boʻlmagan taqdirda ham, avalchining majburiyati haqiqiy boʻlaveradi.
Chek boʻyicha pul toʻlagan avalchi u kafolat bergan shaxsga nisbatan ham, bu shaxs oldida majburiyati boʻlgan shaxslarga nisbatan ham chekdan kelib chiqadigan huquqlarni qoʻlga kiritadi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish