Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 885-modda

Omonat saqlaganlik uchun toʻlanadigan haq

Omonat saqlaganlik uchun haq saqlovchiga saqlash tamom boʻlganidan keyin, bordi-yu, saqlash uchun davrlar boʻyicha haq toʻlash nazarda tutilgan boʻlsa — har bir davr tamom boʻlganidan keyin toʻlanishi shart.

Agar saqlash omonat saqlovchi javobgar boʻlmagan vaziyatlar tufayli shartlashilgan muddatidan oldin toʻxtatilsa, omonat saqlovchi haqning mutanosib qismini, ushbu Kodeks 883-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda esa, haqning hammasini olish huquqiga ega boʻladi.

Agar saqlash omonat saqlovchi javobgar boʻladigan vaziyatlar tufayli muddatidan oldin toʻxtatilsa, u saqlaganlik uchun haq talab qilish huquqiga ega boʻlmaydi, bu haq ustidan olgan summalarni esa yuk topshiruvchiga qaytarishi shart.

Agar shartnomada nazarda tutilgan muddat tugaganidan keyin saqlab turilgan ashyo yuk topshiruvchi tomonidan qaytarib olinmagan boʻlsa, u ashyoni bundan keyin saqlagani uchun omonat saqlovchiga tegishli miqdorda haq toʻlashi shart.

Ushbu moddaning qoidalari omonat saqlash shartnomasida boshqacha tartib belgilab qoʻyilgan boʻlmasa qoʻllaniladi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.