Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 884-modda

Ashyoni saqlash uchun uchinchi shaxsga topshirish

Agar qonunchilikda yoki omonat saqlash shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, omonat saqlovchi yuk topshiruvchining roziligisiz ashyoni saqlash uchun uchinchi shaxsga topshirishga haqli emas, basharti buni yuk topshiruvchining manfaatlari zarur qilib qoʻygan va omonat saqlovchi uning roziligini olish imkoniyatidan mahrum boʻlgan boʻlmasa. Omonat saqlovchi ashyoni uchinchi shaxsga topshirganligi haqida yuk topshiruvchini kechiktirmay xabardor qilishi shart.

Saqlash uchun ashyo topshirilgan uchinchi shaxsning harakatlari uchun omonat saqlovchi javob beradi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.