Kompleks tadbirkorlik boʻyicha qoʻshimcha litsenziya
Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasida litsenziatning oʻziga berilgan litsenziya kompleksi yoki uning bir qismidan boshqa shaxslarning u litsenziar bilan kelishgan yoki kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasida belgilangan shartlarda foydalanishiga ruxsat berish huquqi nazarda tutilishi mumkin. Xuddi shuningdek, shartnomada litsenziatning muayyan vaqt davomida foydalanish hududini koʻrsatgan yoki koʻrsatmagan holda muayyan miqdorda qoʻshimcha litsenziyalar berish majburiyati ham yozib qoʻyilishi mumkin.
Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasining bekor qilinishi kompleks tadbirkorlik boʻyicha qoʻshimcha litsenziyani ham bekor qiladi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish