Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 859-modda

Ishonchli boshqaruvchining javobgarligi

Mol-mulkni ishonchli boshqarish paytida foyda oluvchining yoki boshqaruv muassisining manfaatlari toʻgʻrisida yetarli gʻamxoʻrlik qilmagan ishonchli boshqaruvchi foyda oluvchiga qonunchilikda boshqacha qoida belgilangan boʻlmasa mol-mulkni ishonchli boshqarish vaqtida boy berilgan foydani, boshqaruv muassisiga esa mol-mulkni yoʻqotish yoki unga shikast yetkazish bilan keltirilgan zararni, shuningdek boy berilgan foydani toʻlaydi.

Agar ishonchli boshqaruvchi ushbu zararlar yengib boʻlmaydigan kuch tufayli yoki foyda oluvchining yoxud boshqaruv muassisining harakatlari tufayli kelib chiqqanligini isbot qilib bera olmasa, yetkazilgan zarar uchun javobgar boʻladi.

Ishonchli boshqaruvchi oʻziga berilgan vakolatlardan chetga chiqqan yoki oʻzi uchun belgilab qoʻyilgan cheklashlarni buzgan holda tuzgan bitim boʻyicha majburiyatlarni ishonchli boshqaruvchi shaxsan oʻzi bajaradi. Agar bitimda qatnashuvchi uchinchi shaxslar vakolatlardan chetga chiqilganligini yoki belgilab qoʻyilgan cheklashlarni bilmagan boʻlsalar yoki bilishlari kerak boʻlmagan boʻlsa, vujudga kelgan majburiyatlar ushbu moddaning toʻrtinchi qismida belgilab qoʻyilgan tartibda bajarilishi kerak. Bu holda boshqaruv muassisi ishonchli boshqaruvchidan u keltirgan zararning oʻrnini qoplashni talab qilishi mumkin.

Mol-mulkni ishonchli boshqarish munosabati bilan vujudga kelgan majburiyatlar boʻyicha qarzlar ushbu mol-mulk hisobidan toʻlanadi. Ushbu mol-mulk yetarli boʻlmagan taqdirda undiruv ishonchli boshqaruvchining mol-mulkiga, uning mol-mulki ham yetarli boʻlmaganida esa — boshqaruv muassisining ishonchli boshqarishga topshirilmagan mol-mulkiga qaratilishi mumkin.

Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi uni tegishli suratda bajarmaslik tufayli boshqaruv muassisiga yoki foyda oluvchiga yetkazilishi mumkin boʻlgan zararning oʻrnini qoplashni taʼminlash uchun ishonchli boshqaruvchining garov berishini nazarda tutishi mumkin.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.