Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 806-modda

Toʻlovdan bosh tortishni xabar qilish

Agar toʻlov va (yoki) aksept olingan boʻlmasa, ijrochi bank pul toʻlanmaganligining yoki akseptdan bosh tortilganligining sabablari toʻgʻrisida bank-emitentni darhol xabardor qilishi shart. Bank-emitent bu haqda darhol mijozga xabar berishi, undan navbatdagi harakatlar xususida koʻrsatmalar soʻrashi shart.

Bundan keyingi harakatlar toʻgʻrisida bank qoidalarida belgilangan muddatda koʻrsatmalar olinmasa, ijrochi bank hujjatlarni inkasso topshiriqnomasi yuborgan bankka qaytarishga haqli.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.