Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 805-modda

Inkasso topshirigʻini bajarish

Biron-bir hujjat boʻlmagan yoki hujjatlar tashqi alomatlariga koʻra inkasso topshiriqnomasiga mos boʻlmagan taqdirda ijro etuvchi bank bu haqda darhol inkasso topshiriqnomasini bergan shaxsga xabar qilishi shart. Mazkur kamchiliklar bartaraf etilmagan taqdirda, bank topshiriqlarni bajarmasdan hujjatlarni qaytarib yuborishga haqli.

Hujjatlar qanday shaklda olingan boʻlsa, oʻsha shaklda toʻlovchiga taqdim etiladi, inkasso operatsiyasini rasmiylashtirish uchun zarur boʻlgan bank belgilari va yozuvlari bundan mustasno.

Agar hujjatlar olinishi bilanoq ular boʻyicha pul toʻlanishi shart boʻlsa, ijrochi bank inkasso topshiriqnomasini olgan zahoti toʻlovga taqdim etishi shart.

Agar hujjatlar boʻyicha pul boshqa muddatda toʻlanishi kerak boʻlsa, ijrochi bank toʻlovchining akseptini olish uchun hujjatlarni inkasso topshiriqnomasi olinishi bilanoq, darhol akseptga taqdim etishi kerak, toʻlov talabi esa hujjatda koʻrsatilgan toʻlov muddati boshlanadigan kundan kechiktirmasdan qoʻyilishi kerak.

Qisman bajariladigan toʻlovlar bank qoidalarida belgilab qoʻyilgan hollarda yoki inkasso topshiriqnomasida maxsus ruxsat boʻlsa qabul qilinishi mumkin.

Olingan (inkassolangan) summalar ijrochi bank tomonidan darhol bank-emitent tasarrufiga topshirilishi, u esa bu summalarni mijozning hisobvaragʻiga kiritib qoʻyishi shart. Ijrochi bank inkasso qilingan summadan oʻziga tegishli haqni va xarajatlarni qoplashga ketadigan pulni ushlab qolishga haqli.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.