Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 858-modda

Mol-mulkni ishonchli boshqarishni boshqa shaxsga berish

Ishonchli boshqaruvchi mol-mulkni shaxsan oʻzi boshqaradi, ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Ishonchli boshqaruvchi boshqa shaxsga ishonchli boshqaruvchi nomidan mol-mulkni boshqarish uchun zarur boʻlgan harakatlarni amalga oshirishni topshirishi mumkin, basharti unga mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasida ana shunday vakolat berilgan boʻlsa yoki u bunga muassisning yozma roziligini olgan boʻlsa, yoxud boshqaruv muassisining yoki foyda oluvchining manfaatlarini taʼminlash uchun vaziyat taqozosi bilan bunga majbur boʻlsa va bunda boshqaruv muassisining koʻrsatmalarini oqilona muddatda olish imkoniga ega boʻlmasa.

Ishonchli boshqaruvchi oʻzi tanlagan ishonchli vakilning harakatlari uchun oʻzining harakatlari kabi javobgar boʻladi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.