Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 801-modda

Hujjatlarni qabul qilishdan bosh tortish

Agar ijrochi bank tashqi alomatlari boʻyicha akkreditiv shartlariga muvofiq kelmaydigan hujjatlarni qabul qilishdan bosh tortsa, u bu haqda darhol mablagʻ oluvchiga va bank-emitentga sabablarni koʻrsatgan holda maʼlum qilishi kerak.

Agar bank-emitent ijrochi bank tomonidan qabul qilingan hujjatlarni olgach, ular tashqi alomatlariga koʻra akkreditiv shartlariga mos kelmaydi deb hisoblasa, ularni qabul qilishdan bosh tortishga hamda ijrochi bankdan mablagʻ oluvchiga akkreditiv shartlarini buzgan holda toʻlangan summani talab qilishga, qoplanmagan akkreditiv boʻyicha esa toʻlangan summani qoplashdan bosh tortishga haqli boʻladi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.