FuqarolikCIVIL · 800-modda
Akkreditivni ijro etish
Akkreditivni ijro etish uchun mablagʻ oluvchi ijrochi bankka akkreditivning hamma shartlari bajarilganligini tasdiqlaydigan hujjatlarni taqdim etadi. Ushbu shartlardan birortasi buzilgan taqdirda akkreditiv hisobidan pul toʻlanmaydi.
Agar ijrochi bank akkreditiv shartlariga muvofiq toʻlovni amalga oshirgan yoki boshqa operatsiyani bajargan boʻlsa, bank-emitent unga qilingan xarajatlarni toʻlashi shart. Bank-emitentning ushbu xarajatlari, shuningdek akkreditivni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa hamma xarajatlari mijoz tomonidan qoplanadi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish