Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 798-modda

Chaqirib olinadigan akkreditiv

Bank-emitent tomonidan mablagʻ oluvchini oldindan xabardor qilmagan holda oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin boʻlgan akkreditiv chaqirib olinadigan akkreditiv deyiladi. Akkreditivni chaqirib olish bank-emitent zimmasiga mablagʻlarni oluvchi oldida biron-bir majburiyat yuklamaydi.

Agar ijro etuvchi bank operatsiyalarni bajarish paytigacha akkreditivning shartlari oʻzgartirilganligi yoki u bekor qilinganligi haqida bildirish olmagan boʻlsa, u chaqirib olinadigan akkreditiv boʻyicha toʻlovni yoki boshqa operatsiyalarni amalga oshirishi shart.

Agar akkreditivning matnida boshqa narsa nazarda tutilgan boʻlmasa, u chaqirib olinadigan akkreditiv boʻladi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.