FuqarolikCIVIL · 731-modda
Ekspeditsiya shartnomasidan bosh tortish
Mijoz yoki ekspeditor oʻn kun oldin boshqa tarafni ogohlantirib, transport ekspeditsiyasi shartnomasini bajarishdan bosh tortishga haqli.
Transport ekspeditsiyasi shartnomasini bajarishdan bir tomonlama bosh tortilganida, bu haqda maʼlum qilgan taraf shartnomaning bekor qilinishi tufayli koʻrilgan zararni ikkinchi tarafga toʻlaydi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish