FuqarolikCIVIL · 730-modda
Uchinchi shaxsning ekspeditor majburiyatini bajarishi
Agar transport ekspeditsiyasi shartnomasidan ekspeditorning oʻz majburiyatlarini shaxsan bajarishi shartligi kelib chiqmasa, ekspeditor oʻz majburiyatlarini bajarishga boshqa shaxslarni jalb qilishga haqli.
Majburiyatni bajarishni uchinchi shaxs zimmasiga yuklash ekspeditorni transport ekspeditsiyasi shartnomasining bajarilishi uchun mijoz oldidagi javobgarlikdan ozod qilmaydi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish