FuqarolikCIVIL · 768-modda
Uchinchi shaxs foydasiga qoʻyilgan omonat
Omonat bankka muayyan uchinchi shaxs foydasiga qoʻyilishi mumkin.
Nomiga omonat qoʻyilayotgan fuqaroning ismini yoki yuridik shaxsning nomini koʻrsatish bank omonati toʻgʻrisidagi tegishli shartnomaning muhim shartidir.
Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, nomiga omonat qoʻyilgan uchinchi shaxs pul oʻz hisobvaragʻiga kelib tushgan paytdan boshlab omonatchi huquqlarini qoʻlga kiritadi.
Nomiga omonat qoʻyilgan uchinchi shaxs undan voz kechgan hollarda uchinchi shaxs nomiga bank omonati shartnomasi tuzgan shaxs omonatni qaytarib berishni talab qilishga yoki uni oʻz nomiga oʻtkazishga haqli.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish