Omonatning qaytarilishini taʼminlash
Bank qabul qilib olgan omonatlarning qaytarilishini taʼminlash uchun foydalanishi shart boʻlgan vositalar va usullar qonun bilan va bank omonati shartnomasi bilan belgilanadi.
Bank omonatchining talabiga muvofiq omonatning qaytarilishi taʼminlanganligi toʻgʻrisida axborot berishi shart.
Bank omonatning qaytarilishini taʼminlash boʻyicha majburiyatlarini bajarmagan, shuningdek taʼminotni yoʻqotgan yoki uning shartlarini yomonlashtirgan taqdirda, omonatchi bankdan omonat summasini darhol qaytarib berishni, ushbu Kodeksning 327-moddasiga muvofiq unga foizlar toʻlashni hamda oʻziga yetkazilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish