Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 761-modda

Bank omonati shartnomasining shakli

Bank omonati shartnomasi yozma shaklda tuzilgan boʻlishi kerak.

Agar omonatning qoʻyilganligi omonat daftarchasi, jamgʻarma (depozit) sertifikati yoki bank tomonidan omonatchiga berilgan, qonunda, qonunga muvofiq belgilangan bank qoidalarida va bank amaliyotida qoʻllaniladigan ish muomalasi odatlarida bunday hujjatlar uchun nazarda tutilgan talablarga javob beradigan boshqa hujjat bilan tasdiqlangan boʻlsa, bank omonati shartnomasining yozma shakliga rioya qilingan hisoblanadi.

Bank omonati shartnomasining yozma shakliga rioya qilmaslik bunday shartnomaning haqiqiy boʻlmasligiga olib keladi. Bunday shartnoma oʻz-oʻzidan haqiqiy emas.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.