Pul mablagʻlarini omonatlarga jalb qilish huquqi
Pul mablagʻlarini omonatlarga jalb qilish huquqiga qonunchilikda belgilangan tartibda litsenziya berilgan banklar ega boʻladilar.
Bunday huquqqa ega boʻlmagan shaxs fuqarodan omonat qabul qilgan taqdirda, omonatchi darhol omonat summasini qaytarib berishni, shuningdek bu summaga ushbu Kodeksning 327-moddasida nazarda tutilgan foizlarni toʻlashni hamda foiz summalaridan tashqari omonatchiga yetkazilgan hamma zararni qoplashni talab qilishi mumkin.
Agar bunday shaxs bank omonati shartnomasi shartlari asosida yuridik shaxsning pul mablagʻlarini qabul qilgan boʻlsa, ushbu Kodeksning bitimlar haqiqiy boʻlmasligining asoslari va oqibatlariga doir tegishli qoidalari qoʻllanadi.
Agar qonunda boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan oqibatlar, kim boʻlishidan qatʼi nazar, fuqarolar va yuridik shaxslarning pul mablagʻlarini:
omonat saqlovchilarga omonatni talab qilishi bilanoq olish va omonatchining ushbu bob qoidalarida koʻzda tutilgan boshqa huquqlarini amalga oshirish imkoniyatini bermaydigan veksellar yoki boshqa qimmatli qogʻozlar berish;
ularga gʻayriqonuniy chiqarilgan deb topilgan aksiyalar va boshqa qimmatli qogʻozlarni sotish yoʻli bilan omonatlarga jalb qilish hollariga nisbatan qoʻllanadi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish