Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
FuqarolikCIVIL · 758²-modda

Pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash shartnomalari boʻyicha moliya agentlarining talablarini qanoatlantirish tartibi

Aynan bir mijoz tomonidan ayni bir pul talabnomasidan yoki uning bir qismidan boshqa shaxs foydasiga bir martadan ortiq voz kechish amalga oshirilgan taqdirda, moliya agentlarining talablari navbat tartibida qanoatlantiriladi.

Pul talabnomasi boʻyicha talablarni qanoatlantirish navbati pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash shartnomasi boʻyicha pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish haqidagi bildirishnoma garov reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilgan vaqt asosida belgilanadi. Bunda moliya agentlarining talablarini qanoatlantirish navbati pul talabnomasiga boʻlgan huquq garov reyestrida roʻyxatdan oʻtkazilgan paytga qadar yoki undan keyin yuzaga kelganligidan qatʼi nazar qoʻllaniladi.

Pul talabnomasiga boʻlgan huquqlar navbati ushbu Kodeks 751-moddasining toʻrtinchi qismiga muvofiq moliya agenti huquqqa ega boʻlgan har qanday daromadlarga nisbatan ham tatbiq etiladi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.